1-DARS. XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI VA SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI

1. MAVZU

Aziz  o‘quvchilar!  «Informatika»  fanidan  darslar  kompyuter  sinfi da 

olib  boriladi.  Ushbu  darslikda  berilgan  amaliy  topshiriqlarni  bevosita 

kompyuterlar yordamida bajarasiz.

Kompyuterlar ham boshqa elektr jihozlari kabi elektr toki yordamida 

ishlaydi. Elektr toki esa juda ehtiyotkorlik bilan ish ko‘rishni talab etadi.

Kompyuter  sinfidagi  qurilmalardan  noto‘g‘ri  foydalanish  yong‘in 

chiqishi,  baxtsiz  hodisalar  ro‘y  berishi  va  buning  natijasida  inson 

salomatligiga  zarar  yetishi  hamda  kompyuter  jihozlarining  buzilishiga 

olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi  noxush  holatlarning  oldini  olish  maqsadida  xavfsizlik 

texnikasi qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishingiz 

talab etiladi.

Xavfsizlik texnikasi qoidalari

1)  o‘qituvchining  ruxsatisiz  o‘zboshimchalik 

bilan kompyuterlarni ishga tushirish;

2) kompyuter  xonasiga  ustki kiyimlarda kirib 

o‘tirish;

3) elektr toki manbalariga va ulanish simlariga   tegish;

4)  o‘zboshimchalik    bilan  kompyuterda 

sozlash ishlarini olib borish;

5)  kompyuter 

ekraniga qo‘l bilan 

tegish, ishlab turgan 

kompyuterlarda  tozalash ishlarini olib borish;

6)  uzoq  vaqt  davomida    ishlab  turgan 

kompyuterlarni nazoratsiz qoldirish;

7)  kompyuter yonida boshqa elektr va isitish 

asboblaridan foydalanish;

8) kompyuter yonida  ovqatlanish, suv ichish;

9)  tez  alangalanuvchi  buyumlar  va  quril-

malarning    ichki  elementlariga  salbiy  ta’sir 

etuvchi  (kislotali,  tarkibida  xlor    bo‘lgan) 

moddalarni olib kirish;

10)  klaviatura  va  kompyuter  sich qonchasini  ho‘l  qo‘llar  bilan  bosh-

qarish;

11) klaviatura va «sichqoncha»dan foyda langanda kuch ishlatish;

12) kompyuterni ruxsatsiz o‘chirib, ishni yakunlash ta’qiqlanadi.

Kompyuterdan foydalanish jarayonida baxtsiz hodisalar 

ro‘y  bermasligi  va  sog‘lig‘ingizga  zarar  yetmasligi  uchun 

xavfsizlik  texnikasi  qoidalariga  so‘zsiz  rioya  qilishingiz 

kerak!


Sanitariya-gigiyena talablari

Esda  tuting,  kompyuterda  ishlash  davomida  kerakli  talablarga  rioya 

et maslik inson salo matligiga katta zarar yetkazishi mumkin. Ay niqsa, ko‘z, 

qon aylanish tizimi, bosh miya faoliyati, umurtqa pog‘onasi zaifl ashuvi 

va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi.

Bularning oldini olish hamda kom pyuterda ishlash davomida salomat-

ligingizga  zarar  yetmasligi  uchun  quyidagi  talablarga  rioya  qili shingiz 

va ularni esdan chiqarmasligingiz kerak:

1) kompyuter stolidan 20 sm uzoqlikda o‘tiring;

2)  ko‘zingiz  kompyuter  ekranidan  50–60  sm  uzoqlikda  bo‘lsin,  har 

20–30 daqiqadan so‘ng ko‘zga dam berib turish va kompyuterda ishlash 

kuniga 180 daqiqadan oshmasligi zarur;

3) yelka va qo‘l tirsagi orasidagi burchak 90–120° ni tashkil qilsin;

4)  kompyuter  oldida  o‘tirganingizda 

gavdangizni tik tuting;

5)  oyoq  kaftingiz  polga  to‘laligicha 

tegib tursin;

6) qo‘l kaftingizni va barmoqlaringizni 

erkin tuting;

7) qo‘lingizni tanangizga yaqin masofada 

ushlang;

8)  tizza  osti  burchagi  90° ni  tashkil 

qilsin.


Kompyuter oldida noto‘g‘ri o‘tirish umurtqa pog‘onangizda 

og‘riqlar paydo bo‘lishiga hamda tez toliqishingizga sababchi 

bo‘ladi.

Kompyuterdan  foydalanishda  sog‘lig‘ingizga  zarar 

yetmasligi  uchun  ko‘z  mashqlari  va  harakat  mashqlarini 

bajarib turing!