20-DARS. MA’LUMOTLAR OMBORI HAQIDA TUSHUNCHA

Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya

asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan

hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan

foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga

harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish,

yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini

ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.

Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum

bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan

ma’lumotlar majmuasidir.

Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan

tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.

Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish

uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish

mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining

zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.

MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:

Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon

ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;

Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada,

tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;

Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar

jadval ko‘rinishda saqlanadi.

Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular

tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.

Tuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida

kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.

Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi

kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.

Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish

mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili,

telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha

yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir,
Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon
raqami +998947777777.
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan
ma’lumotga aylanadi:
T/r Familiyasi Ismi Otasining
ismi
Yashash manzili Telefon raqami
1. Nazarov Nodir Axmedovich Navoiy shahar +998947777777