23-DARS. MS ACCESS 2010 NING ASOSIY ELEMENTLARI VA MAYDONLAR XUSUSIYATI

Microsoft Access 2010 MOBTning relyatsion turiga mansub bo‘lib, hozirgi vaqtda eng ommaviy ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlariga kiradi va u MOni yaratish, MOda ma’lumotlarni saqlash, izlash va ishlashni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. MS Access 2010 ning yana bir qo‘shimcha afzalligi uning Microsoft Office tarkibiga kiruvchi Word, Excel kabi dasturlar bilan integrallashganligidadir. Bu dastur ilovalarida yaratilgan ma’lumotlar bir ilovadan ikkinchi ilovaga osonlik bilan import va eksport bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 
MS Access 2010 yordamida oddiy foydalanuvchi katta va murakkab bo‘lgan ma’lumotlar omborini dasturiy ta’minot yaratmasdan MO yaratish va qo‘llashga ega bo‘ladi. 
MS Access 2010 ni yuklashning uch xil usulini ko‘rib o‘tish mumkin: 
 foydalanuvchining ish stolidagi yorliq yordamida; 
 dasturining yorlig‘i yordamida; 
 bosh menyu yordamida.

MS Access 2010 bilan ishlash
MS Access 2010 ning ekrani yuqori qatorida omboridagi
ma’lumotlar va uning qismlari ustida turli xil amallar bajarish uchun
mo‘ljallangan menyu joylashgan.
Файл, Главная, Создание, Внешние данные, Работа с базами
данных, Поля, Таблица bo‘limlaridan iborat. 

Файл – ma’lumotlarni xotirada saqlash, fayllarga murojaat qilish,
ma’lumotlarni qog‘ozga chop etish, dasturning parametrlarini sozlash
imkoniyatlari mavjud.
Главная –jadvaldagi ma’lumotlarni filtrlash, saralash qayta ishlash,
kabi bir qator ishlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Создание – jadvallar, so‘rovlar, formalar hisobotlar, modullar,
makroslar yaratish kabi bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin.
Внешние – yaratilgan ma’lumotlarni import, eksport, qilish va
ma’lumotlarni elektron manzillarga jo‘natish kabi bir qator ishlarni amalga
oshirish mumkin.
Работа с базами данных – makroslar yaratish, hosil qilingan
jadvallarni o‘zaro bog‘lash, SQL server ombori bilan bog‘lash kabi bir qator
ishlarni amalga oshirish mumkin.
Поля – maydon turlari, xossalarini o‘zgartirish, jadval formatlarini
tahrirlash, matematik funksiyalardan foydalanish mumkin.
Таблица – makroslar yaratish, jadvllarni o‘zaro bog‘lash, xossa-larini
o‘rnatish mumkin. 

MS Access 2010 ning asosiy elementlari quyidagilar:
 Таблицы – ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi;
 Запросы – ma’lumotlarni tanlash shartlarini berishni ularga
o‘zgartirishlar kiritish uchun xizmat qiladi;
 Формы – ma’lumotlarni ko‘rish va tahrirlash uchun xizmat qiladi;
 Страницы – HTML (gipermatn) formatidagi fayllar, ular MS
Access 2010 da ma’lumotlarini Internet Explorer brouzeri yordamida
ko‘rish uchun ishlatiladi;
 Отчеты – ma’lumotlarni umumlashtirish va chop qilish imkonini
beradi;
 Макрос – bir yoki bir qancha amallarni avtomatik ravishda bajaradi.
MS Access 2010 da maydonlar ma’lumotlarni mantiqiy tashkil
etishning elementar birligi hisoblanadi. 

MS Access 2010 da tasvirlanadigan maydon turlari
TuriTa’rifi
Matnli
(Текстовый)
Maydon turi matnlardan tashkil topgan bo‘lib,
uning uzunligi (hajmi) 255 belgidan oshmasligi
kerak.
MEMO maydoni
(поле МЕМО)
MEMO maydonida hajmi 65535 belgidan ko‘p
bo‘lmagan matnli (yozuvli), yoki yozuvli va
raqamli ma’lumotlar saqlanadi.
Raqamli
(Числовой)
Maydon turi raqamli qiymatlarni saqlaydi, ularning
diapazoni maydon o‘lchami parametrida aniqlanadi.
Sana/vaqt
(Дата/время)
Maydon qiymati sana va vaqtlardan iborat (8 bayt)
va 100 dan 9999 gacha yil diapazonini kiritish
mumkin.
Pulli (Денежный) Maydon qiymati raqamlar bo‘lib, unda butun
nuqtasidan 15 razryad chapda va 4 razryad o‘ngda
raqamlar saqlanishi mumkin.
Hisoblagich
(Счетчик)
Jadvalga yangi yozuv qo‘shilganda avtomatik
ravishda bir qiymatga oshib boradi.
Mantiqiy
(Логический)
Maydon “Ha” yoki “Yoq” qiymatlarni saqlaydi.
MS Access da “1” – “Ha” va “0” – “Yo‘q”
holatlarida ishlatiladi
OLE obyekt
maydoni (Поле
объекта OLE)
Maydonga OLE – serveri tomonidan qayta
ishlangan obyektlar joylashtiriladi.
Gipermurojaat
(Гиперссылка)
Bu maydon qattiq diskning boshqa fayliga bo‘lgan
giperbog‘lanish hosil qiladi.
Qo‘shish
(Вложение)
Matematik funksiyalar bilan ishlash imkoniyati
yaratiladi.


YODDA SAQLANG !
MS Access 2010 ning fayllar “.accdb” kengaytmaga ega.