25-DARS. MS ACCESS 2010 DA MA’LUMOTLAR OMBORINI TASHKIL ETISH
MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini tashkil etish uchun Microsoft
Office dasturlari orasidan Microsoft Access 2010 ni yuklaymiz:
Hosil bo‘lgan oynadan Новая база данных bo‘limini tanlaymiz.
Natijada quydagi oyna hosil bo‘ladi:
MS Access 2010 da jadval hosil qilib, ularga ma’lumotlarni kiritish ikki
xil usulda amalga oshirish mumkin:
1. Режим-Конструктор.
2. Создание-Конструктор таблиц.
MS Access 2010 oynasida bitta jadval hosil qilish uchun Режим - Конструктор bo‘limidan foydalanish mumkin. Agar oynada bir nechta
jadvallar hosil qilish va ular bilan o‘zaro bog‘lanish hosil qilish uchun
Создание menyusining Конструктор таблиц bo‘limi orqali bajariladi.
1-mashq. MS Access 2010 da o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
shakllantirish usuli.
Bajarish:
MS Access 2010 ning Режим-Конструктор ketma-ketligi
bajariladi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Имя таблицы qatoriga “O‘quvchilar ma’lumoti” nomi bilan
saqlaymiz va jadvalni quyidagi tartibda shakllantirib olamiz:
O‘quvchining identifikatsion raqami | Raqamli (числовой) |
O‘quvchining familiyasi | Matnli (текстовой) |
O‘quvchining ismi | Matnli (текстовой) |
O‘quvchining otasini ismi | Matnli (текстовой) |
O‘quvchining yashash manzili | Matnli (текстовой) |
O‘quvchining tug‘ilgan yili | Vaqt (Дата/ время |
O‘quvchining telefoni | Raqamli (числовой) |

ushbu oynadan chiqamiz (oyna chetidagi x belgisi tanlanadi).
Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
oynadan Да tugmasi tanlanadi (“O‘quvchilar ma’lumoti” nomli
jadval hosil bo‘ladi).
o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar omborini shakllantirish uchun,
“O‘quvchilar ma’lumoti” nomli yozuv ustiga sichqoncha tugmasi ikki marta
bosiladi:
hosil bo‘lgan ma’lumotlar omborini o‘quvchilar haqidagi
ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi:
yaratilgan ma’lumotlar omborini kompyuter xotirasiga saqlaymiz
(Файл – Сохранить базу данных как).
MS Access 2010 da yaratilgan jadvalning ustun yozuvini o‘zgartirish
imkoniyati mavjud. Buning uchun Главная – Режим – Конструктор
buyrug‘i bajariladi.
YODDA SAQLANG !
MS Access 2010 da jadval hosil qilib, ularga ma’lumotlarni kiritish
ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin:
1. Режим-Конструктор. 2. Создание-Конструктор таблиц.