21-DARS. MA’LUMOTLAR OMBORINI BOSHQARISH TIZIMLARI

MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va

ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan

dasturiy ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi

ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.

Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar

tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun

mo‘ljallangan dasturiy vositalar tizimidir.

MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird,

MySQL kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi.

MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va

saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning

strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida

boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar

ombori” deb yuritila boshlanadi.

MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

 ma’lumotlar turi, ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq

bo‘lmasligi lozim;

 ma’lumotlar ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun

biror dasturni tuzishga hojat qolmasligi lozim.

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan

relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft

Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini

yaratmoqda. Bu dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi

professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar

bilan ishlashga mo‘ljallangan Microsoft Access dasturidir.