2-DARS. KATAKKA MUROJAAT: NISBIY, ABSOLYUT VA ARALASH MUROJAAT
Microsoft Excel 2010 elektron jadvallari yordamida arifmetik
amallardan tashqari kataklarga turlicha murojaat qilish orqali amaliy
masalalarni mazmunan sifatli yechish mumkin.
1-mashq. Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari aniqlansin.
Bajarish:
birinchi satr kataklari tugmasi
yordamida kataklar bittaga keltirilib “Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlari” matni yoziladi;
A2:A3 kataklar birlashtirilib “Sinflar” yozuvi katak o‘rtasiga
joylashtiriladi;
B2:B3 kataklar birlashtirilib “O‘quvchilar soni” yozuvi katak
o‘rtasiga joylashtiriladi;
C2:G2 kataklar birlashtirilib “Fanlar” yozuvi katak o‘rtasiga
joylashtiriladi;
H2:L2 kataklar birlashtirilib “O‘zlashtirish ko‘rsatkichi” yozuvi
katak o‘rtasiga joylashtiriladi;
C3:G3 hamda H3:L3 kataklarga fanlar nomlarii joylashtiriladi;
B4:B6 kataklarda guruhdagi o‘quvchilar soni kiritiladi;
C4:C6 dan G4:G6 gacha fanlardan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni
kiritiladi;
B4:B6 sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda ajratib olinib,
Excel 2010 tasmasidan Σ tugmasi bosiladi, natijada B7 da o‘quvchilar
umumiy soni hosil bo‘ladi;
C7:G7 kataklarida fanlardan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning barcha
sinflar bo‘yicha umumiy sonini aniqlashni osonlashtirish uchun B7 katagini
o‘ng past burchagiga sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda siljitib
kerakli qiymatlarni hosil qilamiz. Qaralayotgan katakka ushbu murojaat
usuli nisbiy murojaat deb ataladi;
10-a sinfida ona tilidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun
H4 katagida = ni kiritib, fandan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni C4 ni
sinfdagi o‘quvchilar umumiy soni B4 ga bo‘lib, natijani 100 ga ko‘paytirib
yaxlitlab olamiz. O‘zlashtirish ko‘rsatkichini hamma vaqt guruhdagi
o‘quvchilar soniga bo‘linganligi sabali B4 ni qo‘zg‘lmas qilish uchun,
ushbu manzilga $B$4 ko‘rinisida, ya’ni absolut murojaat qilinadi;
qolgan sinflar va boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlastirish ko‘rsatkichlarini
oson aniqlash uchun sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda B ustun
va 7 satr bo‘yicha siljitamiz.
Shunday qilib nisbiy va absolut murojaat usullarini qo‘llab,
qaralayotgan masalani yechish juda oson bajarildi. Natijada quyidagi
elektron jadval hosil bo‘ldi:
Absolut va nisbiy murojaatlar birgalikda kelsa aralash murojaat
deyiladi.
MS Excel 2010 uchun boshqa amaliy dasturlar bilan muqobillikni
yanada yaxshiroq ta’minlash maqsadida hujjatlarni xotirada saqlash uchun
yangi XML (eXstensible Markup Language – belgilanishning kengaytirlgan
tili) formati ishlab chiqilgan. Bu yerda siqish texnologiyasini qo‘llash
hisobiga fayllarning o‘lchami kichraydi va bu jadvallardan ixtiyoriy
operatsion tizimda foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.
YODDA SAQLANG !
MS Excel 2010 da fayllar “.xlsx” kengaytmaga ega.