7-DARS. FUNKSIYA ARGUMENTI OYNASI

MS Excel 2010 da ishlatiluvchi funksiyalar mazmunan bir-biridan

keskin farq qilishi mumkinligidan ularning argumentlari ham o‘z navbatida

turli ko‘rinishda berilishi mumkin.

Masalan, Математические функции qismida cos(x) funksiyasida

argument bitta haqiqiy qiymatdan iborat bo‘ladi va burchakning qiymati

radianda beriladi:


Логические функции qismidagi ЕСЛИ funksiyasida argument

mantiqiy ifoda bo‘lib, uning faqat ikkita qiymati (“rost” yoki “yolg‘on”) ga

ko‘ra ikki xil natijaga ega bo‘lishimiz mumkin:


Мастер функций oynasida birinchi qadamda kerakli funksiyani kiritib

Найти tugmasi yordamida izlab topiladi, ikkinchi qadamda ushbu

funksiyaga murojaat etib, argumentlariga qiymatlar beriladi. So‘ngra tanlab

olingan funksiya kerakli katakka joylashtiriladi:


1-mashq. log5 25 ifodaning qiymatini hisoblang.

Bajarish:

 MS Excel 2010 tasmasidan  tugmasi tanlanadi;

 Мастер функций oynasidan logarifmni hisoblash Log funksiyasi tanlanadi;

 Число qatoriga 25 soni, Основание qatoriga esa, 5 soni kiritilib, OK tugmasi bosiladi

  


YODDA SAQLANG !

MS Excel dasturida funksiyalardan foydalanish uchun menyular satridan   tugmasi tanlanadi.

Последнее изменение: Суббота, 1 Август 2020, 23:56