6-DARS. MS EXCELNING FUNKSIYALAR KUTUBXONASI

Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan
to‘ldirishligini yuqorida aytib o‘tdik. Ba’zan kataklardagi mashg‘ulotlar
ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tug‘iladi, bunday vaziyatda
formulalardan foydalaniladi.
Buning uchun MS Excel 2010 tasmasidagi Формулы bo‘limiga
murojaat qilinadi. Ushbu bo‘limda qiymatlar, ifodalar va kataklar ustida
amallar bajarishga mo‘ljallangan funksiyalar kutubxonasi jamlangan.
Kutubxonadagi turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan funksiyalarning
ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz.

Matematik funksiyalar

t/r Funksiya Vazifasi
1. ФАКТР argument sifatida berilgan butun son faktorialini
hisoblaydi
2. ABS argument qiymatining modulini hisoblaydi
3. LN sonning natural logarifmini hisoblaydi
4. EXP sonning eksponentasini hisoblaydi
5. SIN sonning sinusini hisoblaydi
6. COS sonning kosinusini hisoblaydi
7. TAN sonning tangensini hisoblaydi (radianda)
8. НОД ikki va undan ortiq butun sonlarning eng katta
umumiy bo‘luvchisini hisoblaydi
9. НОК ikki va undan ortiq butun sonlarning eng kichik
umumiy bo‘linuvchisini hisoblaydi
10. ОКРУГЛ haqiqiy sonni yaxlitlaydi
11. СУММ ikki va undan ortiq sonlarning yig‘indisini
hisoblaydi
12. ПРОИЗВЕД Ikki va undan ortiq sonlar ko‘paytmasini
hisoblaydi
13. ЗНАК Son manfiy bo‘lsa -1 ni, musbat bo‘sa 1 ni, nol
bo‘lsa 0 ni chiqaradi
14. КОРЕНЬ Sonni kvadrat ildizini hisoblaydi

1-mashq. Berilgan 6,10, 30, 60 sonlarning eng katta umumiy
bo‘luvchisini hisoblang.
Bajarish:
 A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2
katakka 60 sonini kiritamiz;
 C4 katakka quyidagi formulani kiritamiz: =НОД(A1:B2)
 Enter tugmasi bosiladi.Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:


YODDA SAQLANG !
MS Excel 2010 da algebraik amal belgilari quyidagilar:
+ (yig‘ish); - (ayirish); * (ko’paytirish); / (bo’lish); ^ (darajaga ko’tarish).



Последнее изменение: Суббота, 1 Август 2020, 23:54