4-DARS. SODDA VA MURAKKAB FUNKSIYALARNING GRAFIKLARI

MS Excel 2010 da sodda va murakkab funksiyalarning grafiklari
menyuning Вставка bo‘limi График bandi orqali hosil qilinadi. Sodda va
murakkab funksiyaning grafiklarini hosil qilish jarayonini quyidagi
mashqlarda ko‘rib chiqamiz.
1-mashq. z=a+bx+cx2+dx3 funksiyaning grafigini hosil qilish.
Bajarish:
 A1:D1 kataklarida a,b,c,d koeffitsiyentining quyidagi qiymatlari
kiritiladi: 

  

A2:E2 kataklarda x ning qiymatlari 0; 0,1; 0,2; 0,3; 0,4 kiritiladi;
 A3:E3 kataklarda mos ravishda x ning qiymatlari uchun, masalan,
A3 da =$A1+$B1*A2+$C1*A2*A2+$D1*A2*A2*A2 qaralayotgan
formulaning x=0 dagi qiymati hosil bo‘ladi. Qolgan nuqtalarga nisbiy
murojaat yordamida davom ettiriladi;
 A2:E3 kataklar bloki ajratib olinadi;
A3:E3 kataklar belgilab ajratib olingandan so‘ng, MS Excel 2010 ning
tasmasidan Вставить-Диаграммы-Точечная ketma-ketligi bajariladi.
Hosil bo‘lgan grafik ustiga x ning qiymatlarini chiqarish uchun grafik
ustiga o‘ng tugma bosilib, Добавить подписи данных bandi tanlanadi.
Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:



2-mashq. z=a+bx+cy va z=ax2+bxy+cy2 funksiyalarning grafiklarini
hosil qilish.

Bajarish:
 A1:C1 kataklarida a,b,c koefisiyentning qiymatlari:
Chap tomondagi chizma uchun O‘ng tomondagi chizma uchun
 
qiymatlar kiritiladi.
A2:E2 kataklarda x ning qiymatlari 0; 0,1; 0,2; 0,3; 0,4 kiritiladi;
A2:A6 kataklarda y ning qiymatlari 0; 0,1; 0,2; 0,3; 0,4 kiritiladi;
A3:E7 va kataklarda mos ravishda x ning qiymatlari uchun, masalan
A4 da =$A1*A2*A2+$B1*A2*A4+$C1*A4*A4 qaralayotgan formulaning
x=0, y=0,1 dagi qiymati hosil bo‘ladi. Qolgan nuqtalarga nisbiy murojaat
yordamida davom ettiriladi. Bu yerda $ harfi ushbu katakka
absolut(qo‘zg‘almas) murojaat ekanligini bildiradi;
 A3:E7 kataklar belgilab ajratib olingandan so‘ng Excel 2010
panelida Вставить bo‘limining “tasma”sida Поверхность tugmasini
bosib, qaralayotgan ifodalarning chizmalarini hosil qilamiz: 

      


YODDA SAQLANG !
MS Excel 2010 dasturida funksiya grafiklarini hosil qilish Вставить
bo‘limining Диаграммы bandida amalga oshiriladi.




Последнее изменение: Суббота, 1 Август 2020, 23:52