17-DARS. MS EXCEL YORDAMIDA BA’ZI MASALALARNI YECHISH

MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik

usulda yechish imkoniyati mavjud. Buning uchun tenglamalar yoki

tenglamalar sistemasini funksiyalar ko‘rinishiga keltriladi. Grafikni tahlil

qilish orqali tenglamalarning taqribiy yechimlari aniqlanadi.

1-mashq. x4-2x3-3x2+1=0 tenglama yechimlar yotgan oralig‘ini

toping.

Bajarish:

 A1 katakka x, A2 ga f(x) kiritiladi;

 B1:F1 da x ning qiymatlari kiritiladi;

 B2 quyidagi formulani kiritamiz: =B1^4-2*B1^3-3*B1^2+1;

 C2:F2 blokdagi kataklarga yuqoridagi formulaning nusxasi

ko‘chiriladi. Natijada quyidagi jadval hosil bo‘ladi:


Jadvaldan qaralayotgan tenglamaning yechimi (0;1) va (2;3) oraliqlarda
ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qaralayotgan oraliqni yanada maydalash hisobiga
izlanayotgan yechimga yetarlicha yaqinlashishimiz mumkin.
2-mashq.

x y tenglamalar sistemasini yeching.
Yechish. Ushbu tenglamalar sistemasini yechish uchun quyidagi ikkita
grafikni qaraymiz:

Qaralayotgan tenglamalar sistemasi yechimini topish uchun hosil
bo‘lgan funksiyalarni ordinatalari teng bo‘lgan x qiymatlari izlanadi: 

  

Grafikdan ko‘rinmoqdaki, x=1 bo‘lganda, y=0 bo‘ladi. 

YODDA SAQLANG !
MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar
sistemasini grafik usulda taqribiy yechish imkoniyati mavjud.