1-DARS. SODDA IFODALARNI HISOBLASH

MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida  muayyan vazifalarni

bajarishga mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan:

Главная  –  jadvallardagi  ma’lumotlarni  kiritishga  va  tahrirlashga

mo‘ljallangan;

Вставка  –  jadvalga  biror  rasm,  diagramma  kabi  obyektlarni

joylashtirishga mo‘ljallangan;

Разметка страницы - jadval varaqlarini bosmaga chiqarish uchin

sahifalarning  chegaralari  va  boshqa  parametrlarini  belgilash  uchun

mo‘ljallangan;

Формулы – jadvallardagi hisoblashlarni amalga oshiruvchi har xil

formulalardan foydalanish uchun mo‘ljallangan;

Данные - jadvallarning ustun va satrlaridagi ma’lumotlarni filtrlash,

saralash,  nusxalarini  ko’paytirish,  keraksizlarini  yo’qotish,  tashqi

axboratlarni kiritish;

Рецензирование – matn xatolarini tuzatish va hujjatlarni tahrirlash;

Вид – jadvallarni ekranda turlicha namoyish qilishga moslashtirish.

Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni

osonlashtiruvchi  panel  mavjud  bo‘lib,  u  yerda  xotirada  saqlash,  oxirgi

amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin.


MS  Excel  2010  da  ishlash  jaroyonida  turli  xatolar  yuzaga  kelishi 

mumkin. Ko‘p uchraydigan xatolar tavsifi xususida to‘xtalib o‘tamiz: 

###### – ma’lumot katakka sig‘magan.

#ДЕЛ/0 – hisoblash formulasida 0 ga bo‘lish holati mavjud.

#ЗНАЧ!  –  formulada  mumkin  bo‘lmagan  ifodalar  qatnashmoqda,

masalan: kirill shriftida o‘zgaruvchilar ishlatilayotgan bo‘lishi mumkin.   #ИМЯ?  –  Excel  formuladagi  o‘zgaruvchining  nomini  aniqlay 

olmadi. 

   #ЧИСЛО!  -  formulada  funksiya  o‘zgaruvchisi  yoki  qiymat 

noto‘g‘ri ishlatilmoqda. 

   #ССЫЛКА! – katakka noto‘g‘ri murojaat qilingan. 

  #ПУСТО! – katakka noto‘g‘ri oraliqda qiymat kiritilgan.