9-DARS. MATNLI FUNKSIYALAR

MS Excel 2010 da kataklardagi matnlar bilan ishlash uchun maxsus
funksiyalar mavjud. Bular quyidagilar:


T/R Funksiya Vazifasi
1. БАТТЕКСТ Sonni matnga almashtiradi
2. ДЛСТР Matnli satrdagi belgilar sonini aniqlaydi
3. ЗАМЕНИТЬ Matnning belgilangan joyini yangi matnga
almashtiradi;
4. ЗНАЧЕН Matn ko‘rinishdagi sonni songa o‘tkazadi;
5. ПОВТОР Matnni n marta takrorlaydi;
6. СЦЕПИТЬ Bir nechta matnni bitta matnga o‘tkazadi.

1-mashq. Uchta katakda o‘quvchilarni familiyasi, ismi, otasining ismi
yozilgan ma’lumotlarni bitta katakka birlashtirish.
Bajarish: Ushbu masalani yechishning ikki xil usuli mavjud:
Birinchi usul:
 B1 katakka o‘quvchining familiyasi, C1 katakka ismi, D1 katakka
otasining ismi kiritiladi;
 E1 katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(B1;" ";C1;" ";D1)
kiritilib, Enter tugma bosiladi;
 qolgan kataklarga ushbu formula nusxa ko‘chiriladi. Natijada
quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 

  

Ikkinchi usul:
Jadvalni yuqoridagi tartibda to‘ldirib olamiz;
E1 katakka ushbu formula =B1&" "&C1&" "&D1 kiritilib, Enter
tugma bosiladi.
Agar o‘quvchining familiyasi Лист1 varag‘ining B1 katagida, ismi
Лист2 varag‘ining B1 katagida, otasini ismi Лист3 varag‘ining B1
k
atagida berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlarni Лист4 varag‘ida hosil qilish
uchun istalgan katakka ushbu formula =СЦЕПИТЬ(Лист1!B1;"
";Лист2!B1;" ";Лист3!B1)
kiritilib, Enter tugma bosiladi

YODDA SAQLANG !
Excel elektron jadvalida B2:C5 ifoda kataklar blokini
bildiradi. 8 ta katakni blokka oladi. Agar B2;C5 ko‘rinishda
bo‘lsa 2 ta katakni belgilaydi.