5-DARS. BOSHQA VARAQ YOKI KITOBGA MUROJAAT

MS Excel 2010 ning yana bir qulayliklaridan biri bu, boshqa varaq yoki
kitoblarga murojaat qilinib, ulardagi ma’lumotlar bilan bog‘lanish hosil
qilish mumkin. Varaq va kitoblarga murojaat qilish usullarini quyidagi
mashqlarda ko‘rib o‘tamiz. 

1-mashq. Savdo shoxobchalaridagi ma’lumotlarga asoslanib,  orgtexnika savdosi firmasi bo‘yicha 

umumlashtirilgan jadval tuzish.

Bajarish:

▪   har bir savdo shoxobchasi bo‘yicha, masalan

1 Market – 1 varaqda                                          2 Market – 2 varaqda,


3 Market – 3 varaqda  

ma’lumotlarni kiritamiz.
 4 varaqda umumlashtirilgan ma’lumot hosil qilish uchin B3 katakka
=Лист1!B3+Лист2!B3+Лист3!B3
 yozuvi hosil qilinadi. Buning uchin B3 da = belgisidan so‘ng 1-
varaqdagi B3 katagida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi, natijada
Лист1!B3, so‘ngra + va 2- varaqdan Лист2!B3 hosil qiluinadi va 4
varaqdagi B4, B5, B6, C3, C4, C5, C6, D3, D4, D5, D6, D4 kataklariga
nusxa ko‘chirish, o‘ng past burchagiga sichqonchaning chap tugmasi
bosilgan holda hosil qilinadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 

  

2-mashq. O‘quvchilarning fanlardan olgan baholarini kitoblarning

jadvallari yordamida hosil qilish.

Bajarish:

 o‘quvchilarning fanlardan olgan baholarini kitob jadvalida

bog‘lanish hosil qilish uchun har bir fan bo‘yicha o‘quchilarning baholari

alohida ishchi kitoblarda hosil qilinadi (matematika, fizika, Informatika):


 ushbu uchta jadvalni o‘quchilar baholarini aks ettiradigan alohida
umumiy fanlar ishchi kitobda umumiy jadval hosil qilinadi: 

alohida fan (umumiy fanlar jadvali fayli) kiritilgan ishchi kitob
ochilib, baholar kiritilgan kataklar belgilanib nusxalanadi (Копировать).
Umumiy ishchi kitobdagi mos fan kataklari belgilanib, Maxsus qo‘yish
(Специальная вставка) bo‘limi tanlanib, bog‘lanishni qo‘yish (Вставить
связь) tugmasi bosiladi: 

Natijada quyidagicha bog‘lanish hosil bo‘ladi:



   barcha ishchi kitoblar o‘rtasida bog‘lanishlar hosil qilingandan
so‘ng, bog‘lanishlar hosil qilingan ishchi kitob menyular satridan Данные
bo‘limi tanlanib, Подключения – изменить связи ketma-ketligi
tanlanadi: 


 hosil bo‘lgan oynadan Обновить tugmasi tanlanib, ishni tugatish
uchun Закрыть tugmasi tanlanib oynadan chiqiladi.

YODDA SAQLANG !

Kitoblarni o‘zaro bog‘lash uchun menyular satridan Данные

bo‘limi tanlanib, Подключения- изменить связи ketmaketligi tanlanadi.





Последнее изменение: Суббота, 1 Август 2020, 23:53