10-DARS. MANTIQIY FUNKSIYALAR

Ayrim amaliy  masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu shartlarga bog‘liq  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  holatda  mantiqiy  shartli  funksiyalardan foydalanish mumkin.  

Mantiqiy funksiyalar
t/r Funksiya Vazifasi
1. ЕСЛИ Agar mantiqiy ifodaning qiymati ROST bo‘lsa, birinchi
shart, aks holda ikkinchi shart bajariladi
2. И Agar mantiqiy ifodalarning barchasini qiymati rost bo‘lsa, funksiyani qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati YOLG‘ON bo‘ladi 
3. ИЛИ Agar mantiqiy ifodalarning birorta qiymati rost bo‘lsa,
funksiyani qiymati ROST, aks holda funksiyaning qiymati
YOLG‘ON bo‘ladi
4. НЕ Rost qiymatni yolg‘onga va yolg‘onni rostga aylantiradi.

1-mashq. Sinfning beshta fandan 20 ballik tizimda baholanganda
ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini tahlil qiluvchi jadval yaratish.
Bajarish: Ushbu topshiriqni bajarish algoritmi quyidagicha:
 B ustunga sinf o‘quvchilarining familiyasi va ismi kiritiladi;
 C ustunga adabiyot fanidan olgan ballari kiritiladi;
 D ustunga algebra fanidan olgan ballari kiritiladi;
 E ustunga fizika fanidan olgan ballari kiritiladi;
 F ustunga kimyo fanidan olgan ballari kiritiladi;
 G ustunga informatika fanidan olgan ballari kiritiladi;
 H ustunga olgan ballarning yig‘indisi hisoblanadi;
 I3 va I17 kataklarga quyidagi formula kiritiladi:
=ЕСЛИ(C17<55;"qoniqarsiz";ЕСЛИ(C17<71;"qoniqarli";ЕСЛИ(C17<
86;"yaxshi";"a’lo"))) 



YODDA SAQLANG !
Ayrim amaliy masalalarni yechishda hisoblashlar u yoki bu
shartlarga bog‘liq bo‘lsa, mantiqiy shartli funksiyalardan foydalanish
mumkin.