13-DARS. MATEMATIK FUNKSIYALAR

MS Excel 2010 elektron jadvallarida keng qamrab olingan iqtisodiyot
muhandislik masalalarini yechishda qo‘llanilishi keng bo‘lgan matematik
funksiyalarni o‘rganamiz.
1-mashq. MS Excel 2010 matematik funksiyalaridan foydalangan
holda
y=arccosx, y=cosx, y=ex, y=cos ex funksiyalarni argumentning turli
qiymatlarida hisoblang.
Bajarish: B3:D3 kataklarida

qiymatlarni kiritib olamiz;
Формулы bo‘limining Математические qismida acos, cos, exp
корень(ABS) funksiyalariga murojaat qilib B4:B8 kataklarida mos
ifodalarni hosil qilamiz;
Nisbiy murojaat usulidan foydalanib qolgan kataklarga amalni davom
ettiramiz. 

  


Shunday qilib ixtiyoriy murakkablikdagi funksiyalarni hisoblab

olishimiz mumkin.

2-mashq. y=cosx, y=ex, y=cosex, y=cos(cosx) funksiyalarning

grafiklarini hosil qilish.

Bajarish:

 F3:P3 kataklarda x ning qiymatlarini kiritiladi;

 F4 katagida Формулы bo‘limining Математические qismidan

cos funksiyasi olinib uning argumenti uchun F3 katagiga murojaat etiladi;

 F4 katagida hisoblanayotgan ifodalar nisbiy murojaat yordamida

F5:F7 kataklarida mos ravishda hosil qilinadi;

 F4:F7 blokida bajarilayotgan amallar o‘z navbatida nisbiy murojaat

yordamida qolgan kataklarda o‘zlashtiriladi;

 Вставка bo‘limining График qismining tegishli bandiga murojaat

etilib qaralayotgan funksiyalarning grafiklari hosil qilinadi:


3- mashq. z=cosxcosy, funksiyaga mos tasvirni hosil qilish.
Bajarish:
A1:J1 kataklariga qiymatlar kiritiladi;
 A2:A10 kataklariga tegishli qiymatlar kiritiladi; 

 B2 katagiga =COS($A$1)*COS(B1) ifoda yoziladi;
 B2 dan B10 katagigacha formula aralash murojaatni qo‘llanilgan
holda hosil qilinadi;
 B10 dan J10 katagidagi ifoda aralash murojaatni qo‘llanilgan holda
hosil qilinadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: 

  

 B2:J10 bloki ajratib olinadi;
 Вставка-Другие-Поверхность ketma-ketligi tanlanib,
qaralayotgan funksiyalarning grafigi hosil qilinadi;
 hosil bo‘lgan grafikdan muhim bo‘lmagan yozuvlar olib tashlanadi.
Natijada quyidagi tasvir hosil bo‘ladi: 

 

YODDA SAQLANG !
Funksiya grafiklarini hosil qilish uchun Excel dasturining
katakchalariga funksiya qiymatlari kiritilib, Вставка bo‘limining
График qismi orqali hosil qilinadi.