14-DARS. KO‘PAYTMANI HISOBLASHGA OID FUNKSIYALAR

Ko‘paytma matematik ifodalarda keng tarqalgan amallardan biri bo‘lib,
biz ushbu darsda ko‘paytma qatnashgan hisoblashlarning o‘ziga xos usullari
bilan tanishamiz:
1-usul. Katakka = belgi qo‘yilib kerakli ifodalar ko‘paytiriladi;
2-usul. Ko‘paytmani hisoblash funksiyasidan foydalaniladi.
1-mashq. MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud:

C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;
 D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
 E ustunga A, B, C, D ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;
 F ustunga A, B, C, D, E ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang; 

  Bajarish:
 A1:A10 va B1:B10 bloklariga boshlang‘ich ma’lumotlar kiritiladi;
 C1 katagida A1:B1 blokining = ПРОИЗВЕД(A1:B1) ko‘paytmasi
hosil qilinadi;
 D1 katagida A1:B1 blokining =A1+B1 yig‘indisi hosil qilinadi;
 E1 katagida A1:D1 blokning = ПРОИЗВЕД(A1:D1) ko‘paytmasi
hosil qilinadi;
 F1 katagida A1:E1 blokning =СУММ(A1:E1) yig‘indisi hosil
qilinadi: 

YODDA SAQLANG !
Berilgan sonlarning ko’paytmasini hisoblash uchun ПРОИЗВЕД
funksiyasidan foydalaniladi