15-DARS. STATISTIK FUNKSIALAR

MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik

funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi.

Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:

1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;

2-usul. Menyuning formulalar satri  bandini tanlash orqali, bu

holatda quyidagi oyna o‘chiladi:

MS Excel 2010 da statistik funksiyalar ko‘p bo‘lib, biz qyida ayrim
funksialar va ularning vazifalarini kelturamiz:
T/R Fuksiya Vazifasi
1. МАКС Berilgan sonlarning eng kattasini hisoblaydi
2. МИН Berilgan sonlarning eng kichigini hisoblaydi
3. СРЗНАЧ Berilgan sonlarning o‘rta arfimetigini hisoblaydi
4. СЧЁТЕСЛИ  Shartni qanoatlantiruvchi blokning bo‘sh bo‘lmagan
kataklar sonini sanaydi
1-mashq. A1:C5 blokdagi sonlarning eng kattasi va eng kichigining
o‘rta arfimetigini D8 katakka hosil qiling 

Bajarish:
 A1:C5 bloklarga ixtioriy sonlarni kiritamiz;
 D6 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarning eng
kattasini topish formulasi): =МАКС(A1:C5);
 D7 katakka quyidagi formulani kiritamiz (berilgan sonlarni eng
kichigini topish formulasi): =МИН(A1:C5);
 D8 katakka quyidagi formulani kiritamiz: (berilgan sonlarni o‘rta
arfimetigini hisoblash formulasini): =СРЗНАЧ(D6:D7);
Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

   

  YODDA SAQLANG !
Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga
oshiriladi:
1-usul. Funksiyalarni katakka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish orqali;
2-usul. Menyuning formulalar satri   bandini tanlash orqali.